Xitoyda 6,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lum qildi.
Zilzila episentri 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Lanchjou shahridan (Gansu provinsiyasi) 101 km janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila manbai 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila oqibatida qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
12-dekabr kuni Argentinada magnitudasi 5,5 ball bo‘lgan zilzila qayd etilgandi. Zilzila episentri to‘rt mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan San-Antonio-de-los-Kobres shahridan 47 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan bo‘lib, zilzila manbaining chuqurligi 198 kilometrni tashkil etdi.
Izoh (0)