Argentinada zilzila qayd etildi. Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, magnitudasi 5,5 ballni tashkil qilgan, deb yozadi TASS.
Zilzila episentri to‘rt mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan San-Antonio-de-los-Kobres shahridan 47 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan. Zilzila manbaining chuqurligi 198 kilometrni tashkil etdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.

Bir kun avval Argentinada yangi prezident Xavyer Mileyning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. U mamlakat aholisini og‘ir kunlar kutayotgani, biroq yo‘l oxirida yorug‘lik borligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)