Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports kompaniyasi matbuot xizmati.
14-dekabr kuni ko‘ruvchanlik yomonlashgani (250 metr) Rossiya Red Wings aviakompaniyasining Maxachqal’adan Namanganga uchayotgan RA1123 reysi kutish hududida bo‘lganidan so‘ng Farg‘ona xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Bortida 76 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ngan. Yaqin soatlarda yo‘lovchilar Namangan aeroportiga yerusti transporti orqali yetkaziladi.
Ushbu aviakompaniyaning Namangan—Maxachqal’a yo‘nalishi bo‘yicha RA1124 reysi Farg‘ona aeroportidan amalga oshiriladi. Shuningdek, yo‘lovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yerusti transportida yetkaziladi.
Izoh (0)