Qozog‘istonning Ostona va boshqa bir qator shaharlaridagi maktab o‘quvchilari noqulay ob-havo sharoiti tufayli masofaviy ta’limga o‘tkazildi. Bu haqda shahar ta’lim boshqarmalariga tayanib, KTK.kz xabar berdi.
Ostona shahar taʼlim boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan 2023-yilning 13-dekabr kuni ikkinchi smenaning o‘quvchilari masofaviy taʼlim formatiga o‘tadi. Qo‘stanayda havo harorati 31 daraja sovuqligi tufayli, boshlang‘ichdan 11-sinf o‘quvchilarigacha onlayn o‘qitish formatiga o‘tkaziladi. Semey shahrida (27 daraja sovuq) ikkinchi smenaning 1—9-sinf o‘quvchilari, Ust-Kamenogorsk shahrida 0—4-sinflar, Ridderda 0—11-sinf o‘quvchilari masofaviy ta’lim oladi.
Pavlodar shahridagi maktablarda maktabgacha taʼlim muassasalari, ikkinchi smenadagi 1—9-sinf o‘quvchilari masofaviy o‘qitish formatiga o‘tkaziladi. Shaharda harorat 29 daraja sovuq. Shuningdek, Ko‘kshetov, Qarag‘anda, Petropavlovsk, Olmaotadagi maktablarda 13—14-dekabr kunlari onlayn ta’lim bo‘ladi.
Izoh (0)