Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 18 so‘mga oshib, 12 367 so‘m bo‘ldi. Yevro 10,77 so‘mga ko‘tarilib, 13 340,28 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,58 so‘mga oshib, 137,54 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket besh kun ko‘tarilib, 12 349 so‘m bo‘lgandi. Rubl va yevro kursi ham oshgandi.
Izoh (0)