Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 21,99 so‘mga oshib, 12 349 so‘m bo‘ldi. Yevro 57,02 so‘mga ko‘tarilib, 13 329,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,54 so‘mga oshib, 136,96 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 327,01 so‘m bo‘lgandi. Rubl va yevro kursi ham oshgandi.
Izoh (0)