Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ochilish marosimida Qirg‘iziston prezidentining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Elchibek Jantayev, O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Xurshid Mirzohidov va boshqalar ishtirok etdi.
Konsullik O‘zbekiston bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida ochildi, — deyiladi O‘sh shahri hokimligi xabarida.
2023-yilning noyabrida Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli etib tayinlangandi. O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi 2022-yilda ish boshlagan bo‘lib, Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlariga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)