Raqobat qo‘mitasi Beelineʼga oylik va kunlik abonent to‘lovi yechish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Qo‘mita matbuot xizmati ushbu ko‘rsatma bajarilganini ma’lum qildi.

Ushbu mobil operatoridan foydalanuvchilar tomonidan oylik abonent to‘lovini to‘lash uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmaganda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanishi, kunlik to‘lov yechib olinganidan so‘ng trafikdan foydalanish imkoniyati berilmayotganidan shikoyat qilingandi.
Raqobat qo‘mitasi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida oylik abonent to‘lovi yechish vaqtida mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kunlik abonent to‘lovi avtomatik tarzda yechib olinishini bekor qilish, abonentga kunlik xizmatdan foydalanishni ixtiyoriy ravishda tanlash imkoniyatini berish bo‘yicha Unitel MCHJga ko‘rsatma xati yuborgandi.
Endilikda kompaniya tomonidan “kunlik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish” xizmatini boshqarish imkoniyati joriy etildi. Ushbu xizmat mavjud tarif rejalariga ulangan abonentlarga SMS xabarnoma yuborilib, xizmatni boshqarish usullari tushuntirildi.
Izoh (0)