Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli etib tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Tayinlovga qadar Zafarbek Ahmedov Tashqi ishlar vazirligida Konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.
O‘zbekistonning O‘sh shahridagi Bosh konsulligi 2022-yilda ochilgan. Konsullik okrugiga Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari kiradi.
Bundan oldin Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi ekani, Mo‘g‘uliston O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)