Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 14-turida “Arsenal” va “Vulverhempton” jamoalari 2-dekabr, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Bukayo Saka londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 13-daqiqada esa Martin Edegor “bo‘rilar” darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham “kanonirlar” ustunlik qildi. Biroq, 86-daqiqaga kelib, “Vulverhempton” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Mateus Kunya o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Uchrashuv 2:1 hisobida “Arsenal” foydasiga yakunlandi.
Mikel Arteta shogirdlari ochkolari sonini 33 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
APL
14-tur
2-dekabr, shanba
“Arsenal” — “Vulverhempton” 2:1
Gollar: 1:0 – 6 Saka, 2:0 – 13 Edegor, 2:1 – 86 Mateus Kunya.
“Arsenal”: Rayya, Tomiyasu (Uayt, 79), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Edegor (Jorjinyo, 90), Rays, Trossard, Martinelli (Haverts, 77), Saka (Kiver, 90), Gabriel Jezus (Nketia, 67).
“Vulverhempton”: Joze Sa (Bentli, 23), Semedu, Douson, Kilmen, Gomesh, Bueno (Doerti, 62), Bellgard (Sarabiya, 63), Doyl (Kalayjich, 90), Traore, Xvan Xi Chxan, Mateus Kunya.
Ogohlantirishlar: Saliba (68), Xvan Xi Chxan (88), Mateus Kunya (90).
Izoh (0)