UEFA Rossiyani Millatlar Ligasi qur’asida ishtirok etuvchi terma jamoalar ro‘yxatiga qo‘shmadi.
Bu haqida UEFA matbuot xizmati xabariga tayanib, TACC ma’lum qilmoqda.
2024/25-yilgi mavsum Millatlar Ligasida 54 ta terma jamoa ishtirok etadi. Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCH—2026 saralashining bir qismi hisoblanadi.
Millatlar Ligasi musobaqasi 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. 2022-yilda UEFA va FIFA Rossiya klublari va terma jamoalarini xalqaro o‘yinlardan chetlatgan edi.
Izoh (0)