Germaniyaning Gamburg shahrida Yevro—2024 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’aga ko‘ra, Fransiya va Niderlandiya bir guruhdan o‘rin oldi. Ispaniya va Xorvatiya B guruhida kurash olib boradi.
Turnir oldidan so‘nggi saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahslar A yo‘li, B yo‘li va C yo‘li orqali aniqlanadi. A yo‘lida Polsha Estoniyaga qarshi, Uels Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftliklar g‘oliblari o‘zaro kurashadi va g‘olib guruhdan o‘rin oladi. B yo‘lida: Isroil — Islandiya, Bosniya va Gersogovina — Ukraina. Shu terma jamoalar o‘rtasidagi yagona g‘olib guruh bosqichiga yo‘l oladi. C yo‘lida: Gruziya — Lyuksemburg, Gretsiya — Qozog‘iston guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Yevro—2024 juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan:
A guruhi
- Germaniya
- Shotlandiya
- Vengriya
- Shveysariya
B guruhi
- Ispaniya
- Xorvatiya
- Italiya
- Albaniya
C guruhi
- Sloveniya
- Daniya
- Serbiya
- Angliya
D guruhi
- A yo‘li g‘olibi
- Niderlandiya
- Avsriya
- Fransiya
E guruhi
- Belgiya
- Slovakiya
- Ruminiya
- B yo‘li g‘olibi
F guruhi
- Turkiya
- C yo‘li g‘olibi
- Portugaliya
- Chexiya
Turnir mezbon Germaniya terma jamoasining Shotlandiyaga qarshi bahsi bilan start oladi.
Izoh (0)