Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Nyukasl” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi va hisob ochildi. 64-daqiqada Antoni Gordon mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Qolgan daqiqalarda darvozalarga yo‘l topilmadi va “Nyukasl” zafar quchdi.
“Nyukasl” ochkolari sonini 20 taga yetkazdi va 6-o‘rindan joy oldi. Mag‘lub bo‘lgan “Arsenal” 24 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.
APL
11-tur
4-noyabr, shanba
“Nyukasl” — “Arsenal” 1:0
Gol: 1:0 – 64 Gordon.
“Nyukasl”: Poup, Trippyer, Sher, Lassels, Bern (Livramento, 46), Bruno Gimaraes, Longstaff, Almiron (Merfi, 63; Ritchi, 79), Joelinton, Gordon, Uilson (Uillok, 62).
“Arsenal”: Rayya, Uayt (Zinchenko, 73), Gabriel, Saliba, Tomiyasu, Jorjinyo (Fabiu Vieyra, 79), Rays, Haverts, Martinelli, Saka, Nketia (Trossard, 79).
Ogohlantirishlar: Haverts (37), Gordon (37), Longstaff (38), Sher (39), Bruno Gimaraes (88), Livramento (90).
Izoh (0)