JSTning ma’lum qilishicha, global savdo so‘nggi pasayishdan keyin avtomobil ishlab chiqarish va sotish o‘sgani tufayli tiklanmoqda. Biroq keyingi tiklanishning qisqa muddatli istiqbollari Jahon savdo tashkiloti kotibiyati tomonidan “juda noaniq” deb baholandi.
JSTda jahon bozoridagi vaziyatni tahlil qilish uchun foydalaniladigan indikator – tovar savdosi barometrining yangi ma’lumotlariga asoslanadi. Hozir u 100,7 ballni tashkil etdi, bu joriy yilning avgust oyida qayd etilgan darajadan (99,1 ball) yuqori.
“Bu 2023-yilning ikkinchi yarmida tovarlar savdosi hajmi asta-sekin o‘rta muddatli tendensiyaga qaytishidan dalolat beradi”, deb ta‘kidladi tashkilot.
Barometr shuni ko‘rsatishicha, “global tovar savdosi so‘nggi pasayishdan tiklanmoqda, avtomobil sotish, ishlab chiqarish va elektron komponentlar savdosi tiklanishni boshqaryapti”, ammo JST “aralash iqtisodiy natijalar va ortib borayotgan geosiyosiy keskinliklar fonida istiqbollar juda noaniq” deb tushuntirdi.
Izoh (0)