• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “SPEKAning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo davlatlarini global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish” – ekspertlar

    Joriy yilning 23–24-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi.

    “Daryo” ushbu mavzuda iqtisodiy tahlilchi Shuhrat Rasul va siyosatshunos Oybek Sirojov bilan suhbatlashdi.

    – Suhbatimiz boshida SPEKA dasturining qisqacha tarixiga to‘xtalib o‘tsak.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Dunyoda xalqaro tashkilotlar juda ko‘p. SPEKA tashkiloti 1998-yilda Toshkent deklaratsiyasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilotda bir nechta muhim ustuvor masalalar bor. Birinchisi, mintaqada transport tizimini shakllantirish. Ikkinchisi, suv va energiya resurslarini tejash. Uchinchisi, mintaqadagi uglevodorod mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish.

    Yana bir muhim jihati shundaki, BMT va BMTning Yevropa komissiyasi hamda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy komissiyasi va Markaziy Osiyoning 5 ta davlat rahbari SPEKA deklaratsiyasiga imzo qo‘ygan. Aynan shu doirada hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu dasturning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyo mamlakatlarini global iqtisodiy jarayonlarga integratsiya qilish hisoblanadi.

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Bu tashkilotning asosiy maqsadi 2 ta. Birinchi – Ozarbayjon va Markaziy Osiyoning 5 ta davlatini o‘zaro integratsiya qilish. Ikkinchi – yaxlit iqtisodiy hududni birgalikda jahon iqtisodiy jarayonlariga qo‘shish. BMT qoshidagi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) va Yevropa iqtisodiy komissiyasi ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishadi. Bu ikki komissiya SPEKA dasturida 1998-yildan beri faoliyat yuritib keladi va shu kunga qadar hamkorlikda 400 dan ortiq iqtisodiy loyihalar amalga oshirilgan.

    – Shu kunga qadar SPEKA uchrashuvlari hukumat komissiyalari doirasida tashkil etilgan ekan. Bugun uchrashuvlar davlat rahbarlari darajasiga ko‘tarildi. Nega SPEKA jonlanib qoldi?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – SPEKA dasturi doirasida davlat rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tashabbusi bilan bo‘ldi. Shuningdek, bu sammitda mehmon davlatlar sifatida Vengriya va Gruziya bosh vaziri hamda Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi qatnashdi. Mana shu ishtirok etgan mamlakatlar sammitning nufuzini ancha oshirdi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – SPEKAning jonlanishini dunyodagi geosiyosiy jarayon bilan ham bog‘lash mumkin. Bugun dunyoda o‘ziga xos yangi tartibot shakllanmoqda. Mana shu tartibot zamirida mintaqa davlatlari yangi imkoniyatlar izlamoqda. Hozir Rossiyaga nisbatan muqobil bo‘lgan transport yo‘llarini shakllantirishdan ham Yevropa, ham mintaqa davlatlari manfaatdor. Shu nuqtai nazardan, Ozarbayjon prezidentining tashabbusi bilan ushbu dastur davlat rahbarlari darajasiga ko‘tardi.

    – SPEKA dasturining iqtisodiy salohiyati qanday?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Buning uchun statistik raqamlariga murojaat qilishimiz kerak. Chunki statistik raqamlar biror bir loyihaning qanday ketayotganini ko‘rsatadi. 1998-yilda Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) bor yo‘g‘i 48 milliard dollarni tashkil etgan. 2022-yilda esa bu davlatlarning YAIM 477 milliard dollarni tashkil qilgan. Yaʼni o‘sish 10 barobar!

    Yana bir muhim jihati, 1998-yilda SPEKAga aʼzo mamlakatlarning o‘zaro savdo aylanmasi 1 milliard dollar atrofida bo‘lgan. 2022-yilda bo‘lsa, bu aʼzo davlatlarning o‘zaro savdosi aylanma 52700 million dollarga ko‘tarilgan. Eʼtibor bering, o‘zaro savdo 52 barobarga oshgan!

    O‘zbekiston so‘nggi 8 yil ichida qo‘shni davlatlar va Ozarbayjon bilan o‘zaro savdoni 2 barobarga ko‘paytira oldi. O‘zbekistonning savdo hajmi 2022-yil yakunlariga ko‘ra, 8,5 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Albatta bu O‘zbekistonning dunyoga ochilishi bilan bog‘liq.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Har qanday katta loyiha sarmoya talab qiladi. SPEKAga aʼzo mamlakatlarning YAIM 10 barobarga oshgani ko‘rsatmoqdaki, bizda shunday katta loyihalarni amaliyotga tadqiq etish uchun iqtisodiy imkoniyatlar paydo bo‘lgan.

    – SPEKA sammit davomida davlatlar o‘zaro qanday kelishuvlarga erishdi va ushbu kelishuvlar O‘zbekistonga qanchalik manfaatli?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – O‘zbekiston prezidenti SPEKA sammitida bir qancha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha aʼzo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasini 100 milliard dollarga chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha komissiya tuzish tashabbuslarini ilgari surdi. BMTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi mavjud. Ushbu komissiya xulosalariga ko‘ra, suv tanqisligi tufayli Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda mehnat unumdorligi 40 foizga tushib ketishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 2 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsuloti degani.

    Hozirda mintaqada demografik o‘sish yuqori suratda kechmoqda. BMT demografiya komissiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida demografik o‘sish 2050-yilga borib 150 millionga yaqinlashishini taxmin qilgan. Bir tomondan aholimiz shiddat bilan o‘smoqda. Ammo boshqa tomondan suv tanqisligi sababli oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan O‘zbekiston rahbari SPEKA qoshida oziq-ovqat komissiyasi tuzish va bu komissiyaning birinchi forumini Samarqand shahrida o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yashil energetikani rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston yashil energetika bo‘yicha juda yaxshi ishlarni amalga oshirmoqda. Kecha ham tenderda O‘zbekiston hududida katta elektr stansiya qurish loyihasini Saudiya Arabistonining Acwa Power kompaniyasi yutib oldi.

    Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Boku dekoratsiyasi qabul qilindi. Bu dekoratsiyada 9 ta ustuvor masalalar belgilab berilgan. Eʼtiborlisi, O‘zbekiston rahbari tomonidan 7 ta tashabbus ilgari surilgan bo‘lsa, shundan 3 tasi qabul qilingan dekoratsiya kiritildi. Masalan, Shavkat Mirziyoyev tomonidan SPEKAning maqsadli jamg‘armasini tashkil etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Bu tashabbus qabul qilingan deklaratsiyaga kiritildi.

    Bundan tashqari, davlatlar o‘rtasida savdo to‘siqlarini bartaraf etish va 2024-yilda transport yo‘nalishlari xalqaro forumini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi ilgari surildi. Shuningdek, SPEKA doirasida ishbilarmon xotin-qizlar kengashini tuzish masalasi ko‘tarildi. Bu ham muhim.

    Bugun mintaqaviy tashkilotlar juda ko‘p. Ayrimlari bir-birining faoliyatini takrorlaydi. SPEKAga aʼzo davlatlar ishtirokida so‘nggi ikki oy ichida boshqa platformalarda bir qancha uchrashuv va sammitlar bo‘lib o‘tdi.

    – Men ham shu savolni o‘rtaga tashlamoqchi edim. SPEKAda aʼzo davlatlar boshqa tashkilotlarga ham aʼzo. Masalan, turkiy davlatlar tashkiloti va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. Shu ko‘tarilgan masalalarni men sanab o‘tgan tashkilotlarda hal qilib bo‘lmaydimi?

    – Meni nazarimda bu yerda 2 ta muhim masala bor. Birinchidan, SPEKA dasturi BMTning shafeligi asosida faoliyat yuritadi. SPEKAning shunday huquqiy asoslari yaratilganki, a’zo mamlakatlar ham Yevropa bilan, ham Osiyo-tinch okeani bilan iqtisodiy hamkorlik qilishi mumkin. Vaholanki, Turkiy davlat tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkilotida bunday masalalar yo‘q.

    Bundan tashqari, turkiy davlatlar tashkilotiga Tojikiston aʼzo emas, lekin SPEKAga qo‘shilgan. Vengriya va Gruziya hamda Ko‘rfaz arab davlatlarining SPEKAda ishtirok etayotgani ham bu tashkilotning nufuzini ancha oshiradi.

    – SPEKAning istiqbolini qanday ko‘rasizlar?

    Shuhrat Rasul, iqtisodiy tahlilchi:

    – Agar SPEKA doirasida 2030-yilga qadar oldinga qo‘yilgan maqsadlar amalga oshirilsa, aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy savdo aylanma yana ikki baravarga oshishi mumkin. Bu yerda gap faqat savdo qilishda emas, balki sanoat kooperatsiyalarining o‘sishida. Masalan, O‘zbekistonning UzAutoMotors kompaniyasi Qozog‘iston va Ozarbayjonda o‘z filialini ochgan. Yaqinda Tojikistonda ham ochilishi kutilmoqda. O‘z navbatida, Ozarbayjonning yengil sanoati ham O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, bir qancha xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelmoqda. Bularning barchasi sanoat korporatsiyasi hisoblanadi. Agar davlatlar o‘rtasida sanoat korporatsiyasi yaxshi rivojlanib ketsa, SPEKAning istiqboli katta.

     Oybek Sirojov, siyosatshunos:

    – Men SPEKAning istiqbolini 2 ta muhim omil bilan belgilamoqchiman. Birinchidan, tashkilotning kelajagi uning qay darajada institutsionallashuviga bog‘liq. Bu o‘zaro kelishuvlarni bajarilishini taʼminlaydi. Ikkinchidan, Ozarbayjondagi Zangezur koridorining istiqboldagi taqdiri bu tashkilot uchun muhim hisoblanadi. Agar shu koridor ochilsa, SPEKA aʼzolariga transport-logistika sohasini rivojlantirish imkoniyatini beradi.

    Sardor Ali suhbatlashdi

    27.11.2023, 20:50   Izoh (0)   8665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonliklar Yevropaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh ikki ming yevrogacha

    27.11.2023, 20:30

    Korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi 

    27.11.2023, 20:20

    Samarqand viloyati hokimi shaxmatdan jahon chempioniga aylangan qiz bilan uchrashdi 

    27.11.2023, 19:59

    Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

    27.11.2023, 18:41

    Misr muftiysi ilk bor O‘zbekistonga keldi

    27.11.2023, 17:25

    Samarqandda yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

    27.11.2023, 17:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    Sport | 15 iyun, 16:58

    Buxoroda ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 16:47

    Eron raketa zarbalaridan Isroildagi turar joylar vayron bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 15 iyun, 15:41

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:55

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.