Afruza Hamdamova — shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Samarqand viloyati hokimi shaxmatdan jahon chempioniga aylangan qiz bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimligida chempion bilan uchrashuv o‘tkazildi. Viloyat hokimi Afruza va uning oila a’zolariga minnatdorlik bildirib, uning chempion bo‘lgani ko‘plab yoshlarga motivatsiya berishini hamda mamlakatda sportning shaxmat turi yanada rivojlanishiga o‘ziga xos turtki vazifasini o‘tashini ta’kidladi.
Afruza Hamdamova bugungi kunda Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinfida tahsil olmoqda.
Izoh (0)