O‘zbekistonliklar Yevropa davlatlariga yuk avtomobili haydovchisi sohasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ish turi — yuk avtomobili haydovchisi (C,E toifasidagi haydovchilik guvohnomasi). Ish haqi: 1500—2000 yevro (soliqlar ushlangandan keyin). Imkoniyatlar:
- kod 95 trening;
- to‘liq ijtimoiy kafolatlar to‘plami;
- Euro 6 standartidagi yangi avtomobilda ishlash;
- pullik stajirovka;
- Toshkent shahrida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
- ishga joylashish uchun tayyorgarlik.
Talablar:
- 21 yoshdan 50 yoshgacha;
- Yevropa yoki MDH davlatlarida 1 yillik ish tajribasi;
- Taxograf uchun raqamli karta;
- ADR sertifikati;
- rus tilini bilish;
- kafil bilan shartnoma imzolanishi;
- sudlanmaganlik;
- xorijga chiqishga taqiq yo‘qligi.
Izoh (0)