• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerikani aslida kim kashf qilgan? Lekin u Kolumb emas...

    Maktab vaqtida geografiya fanini yaxshi o‘qiganlar Amerika qitʼasi 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilinganini yaxshi bilsa kerak. Biroq nima uchun qitʼa Kolumb deb emas, balki Amerika deb ataladi. Amerika nomi qanday paydo bo‘lgan? Yangi materikni rostdan ham yevropaliklar birinchi bo‘lib kashf qilganmi? Ushbu maqolani oxirgacha o‘qib, Amerikani kim birinchi kashf qilgani-yu, Amerika nomi qayerdan kelib qolganligini bilib olasiz.

    Yevropaliklar tomonidan Osiyoga O‘rta yer dengizi orqali o‘zlashtirilgan savdo yo‘llari, quruqlikdan o‘tuvchi karvon yo‘llari, jumladan, Buyuk Ipak yo‘li 1453-yilda Konstantinopolni zabt etgan turklar tomonidan yopib qo‘yildi. O‘rta asrlarda Osiyo bu yo‘llar orqali Yevropani mato, qand, bo‘yoqlar, murch, zanjabil va ziravorlar bilan taʼminlab turgan. Zero, XVI asrda murch oldi-sotdida pulning o‘rnini bosar va kelin uchun beriladigan sep sifatida qo‘llanilar edi.

    Bu hol yevropalik savdogarlarni Hindistonga, “Ziravorlar oroli”ga va yevropaliklarga maʼlum bo‘lmagan, ammo afsonalarga ko‘ra juda boy deb qaralgan Xitoy va Yaponiyaga yangi yo‘llarni kashf etishga majbur qildi. Bundan tashqari, o‘sha vaqtda pul zarb qilishda qimmatbaho metallar yetishmasdi. Yangi “valyuta” hisoblangan oltin zaxiralarini topish savdogar, zodagon va hatto qirollarning ham paytavasiga qurt tushirgan edi.

    Hindistonga yo‘l ochish shunday rejalardan biri bo‘lgan. Aslida bu g‘oya yangi emasdi. Chunki musulmonlar uyg‘onish davrida arab-musulmon allomalarning kitoblaridan bunday g‘oyalarni topish mumkin. Xususan, buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib okean ortida yangi qitʼa borligini o‘zining “al-Qonun al-Masʼudiy” (Masʼudiy Qonuni) deb nomlangan kitobida yozib o‘tgan. Beruniy birinchi bo‘lib 16 qadam (4,8 m) lik Yer kurrasi xususiyatlarini ko‘rsatuvchi globusni yaratdi, bu narsa hatto XVI asrda Yevropada yuz bergan Uyg‘onish davriga qadar biror kimsaning aqliga kelmagan edi.

    AQSHdagi Jons Hopkins universiteti professori, Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari instituti taʼsischi direktori Frederik Starrning sharhlashicha, o‘rta osiyolik musulmon olim Abu Rayhon Beruniy o‘z darsxona-hujrasini tark etmagan holda Kolumbdan bir necha asr avval Amerikani kashf etgan.

    Markaziy Osiyolik yana bir olim Ahmad al-Farg‘oniy IX asrda ekvator uzunligining bir darajasini hisoblab, shu asosda Yer kurrasining aylanasini topgan. Uning hisob-kitoblari Beruniynikichalik aniq bo‘lmasa-da, biroq u qadimgi yunon olimlarining hisob-kitoblaridan ancha afzal edi. Al-Farg‘oniy o‘z hisob-kitoblarini “Yulduzlar ilmining to‘plamlari” deb nomlangan kitobiga jamladi. Kitob bosilgach, undagi ma’lumotlar ko‘plab o‘quvchilarni hayratda qoldirdi.

    Hindistonga yangi yo‘l ochish orzusida yurgan genuyalik Xristofor Kolumb o‘sha vaqtda vatandoshimiz Ahmad al-Farg‘oniy qalamiga tegishli bo‘lgan “Yulduzlar ilmining to‘plamlari” kitobining lotincha tarjimasini o‘qib qoladi. Shundan so‘ng Kolumb al-Farg‘oniy maʼlumotlariga tayanib, yer kurrasining hajmi kichik ekanligi va uni aylanib suzib o‘tish mumkinligini aytib, Angliya, Portugaliya va Fransiya qirollari huzuriga borib o‘z rejasini taklif qiladi. Ha, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov “Kolumbda bor alamim manim” deb bekorga yozmagan ekan-da?

    Portugaliyaliklar bu davrga kelib Afrika orqali Hindistonga yo‘l ochish arafasida turgan edi. Shu sababli Portugaliya qiroli Kolumbga rad javobini beradi. Fransiya va Angliya esa ekspeditsiya yuborish uchun yetarli dengiz flotiga ega emasdi.

    Nihoyat, 1492-yilda Ispaniya qirollik oilasi Kolumb bilan shartnoma tuzadi va ekspeditsiya uchun pul ajratadi. 1492-yil 3-avgust kuni Xirstofer Kolumb boshchiligida “Santa Mariya”, “Pinta” va “Iniya” kemalari Ispaniya qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqadi. O‘sha kezlarda Atlantika okeanini yevropaliklar “Zulmat dengizi” deb atashar, shu boisdan ham unda suzishga uncha-muncha dengizchi jur’at eta olmasdi.

    Atlantika okeanida 70 kun suzgan Kolumb, nihoyat 1492-yil 12-oktyabr kuni Karib dengizidagi Bagama orollaridan birini topdi. Orolni Kolumb “San-Salvador” (Muqaddas Xaloskor) deb ataydi va bu orolda Ispaniya bayrog‘ini ko‘taradi. Shundan so‘ng u Gaiti va Kuba orollarini kashf etdi. Ushbu orollar Hindiston ekanligiga Kolumbning ishonchi komil edi. Shuning uchun bu yerdagi tub aholini “hindular” deb atadi.

    Kolumb yangi qitʼani kashf etgan bo‘lsa-da, bu materikka uning nomi berilmadi. Boisi dengizchi Hindiston, Xitoy va Yaponiyani kashf qildim deb qattiq turib olgan edi. Xristofor Kolumb kashf etgan yerlar ko‘p o‘tmay Ispaniya qirolining xafsalasini pir qildi. Chunki topilgan yerlarda oltin va kumush taxmin qilinganidan ancha kam bo‘lib chiqdi. Tez orada Kolumb qirolning g‘azabiga uchraydi. U 1506-yil Ispaniyaning Valyadolit shahrida o‘ta qashshoqlikda va hammaning nazaridan bir chetda vafot etadi. Buyuk dengiz sayohatchisining vafot etgani haqidagi xabar oradan 27 yil o‘tganidan keyin eʼlon qilinadi.

    XVI asr boshlarida florensiyalik dengizchi va astronom Amerika Vespuchi portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tarkibida Braziliya qirg‘oqlarini tadqiq etadi va Xristofor Kolumb ochgan yerlar Hindiston emas, balki yangi materik degan xulosaga keladi. Shundan so‘ng yangi ochilgan qitʼa “Amerika” deb atala boshlandi. 1515-yilda yangi yerlar Amerika deb atalgan birinchi globus Germaniyada paydo bo‘ldi. Keyinchalik shu nomdagi atlas va xaritalar ham chiqarildi.

    Sardor Ali Nurmatov tayyorladi

    25.11.2023, 20:00   Izoh (0)   52446
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanada Ukrainaga 9 milliondan ortiq o‘q-dorilar yetkazib berdi

    25.11.2023, 19:40

    Yoshlikdagi nafaqa, Chaplin homiysi va qoidalarga bo‘ysunmagan shaxs — AQSHning eng yaxshi bankiri Jannini haqida

    25.11.2023, 19:00

    Avstraliyada kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida 18 ta uy yonib ketdi

    25.11.2023, 16:45

    Ukraina harbiy-havo kuchlari mamlakatga rekord darajada kamikadze dronlari hujumi uyushtirilganini ma’lum qildi

    25.11.2023, 16:33

    Oliy Rada vakili Rossiya 2022-yilgi muzokaralarda qanday shart bilan urushni tugatmoqchi bo‘lgani haqida aytib berdi

    25.11.2023, 15:46

    Afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirgan politsiyachi qamoqxonada pichoqlandi

    25.11.2023, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.