UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 2025-yilda Samarqandda o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Mintaqamizda birinchi marta o‘tadigan ushbu muhim global miqyosdagi tadbir xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining ulkan sivilizatsion salohiyatini yana bir bor namoyish etishga xizmat qiladi, deb ishonaman.
O‘z navbatida, O‘zbekiston bo‘lajak sessiyani eng yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha kuchini safarbar etadi, — deydi davlat rahbari.
Sentyabr boshlarida O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. “Agar ushbu taklif maʼqullansa, bu tarixiy voqea UNESCO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo‘yicha 40 yildan oshiq davom etgan anʼanani o‘zgartira oladi”, — deb yozgandi o‘shanda Saida Mirziyoyeva.
Izoh (0)