Samarqand viloyati Narpay tumanida soat 22:38 da 2,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
Zilzila episentri: Samarqand viloyati Narpay tumani. Zilzila koordinatalari: 39,93 gradus shimoliy kenglik; 65,92 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 315 km janubi-g‘arbda.
Bugun sodir bo‘lgan zilzilalar:
Soat 04:28 da Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,4 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Bundan tashqari, ushbu tumanda shu kuni 14:08 3,5 magnitudali, 14:36 da 3,9 magnitudali, 16:28 da 3,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.
Izoh (0)