Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Boku shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2023/Risolat/1o.jpg)
Xabarga ko‘ra, Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
![](/static/2023/Risolat/2o.jpg)
Ertaga, 24-noyabr kuni davlat rahbari BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA)ning birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
![](/static/2023/Risolat/3o.jpg)
Izoh (0)