G‘azodagi shafqatsizlik va vayronagarchilik darajasi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi: anklav aholisi tinchlikni istab duo qilmoqda, agar u kelmasa, qo‘llarida bolalari bilan tezroq o‘lim topishni istamoqda, dedi BMT kotibi o‘rinbosari Sima Baxus.
“G‘azodagi ayollar bizga tezroq tinchlikka erishish uchun duo qilishlarini aytdilar... agar tinchlik bo‘lmasa, ular bolalarini qo‘llarida ushlagan holda uyqusida tezroq o‘lim topish uchun duo qilishadi. Bu holat hammamiz uchun uyat, har qanday ona qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bunday duo qilishga majbur bo‘lishi kerakmas”, — dedi u BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Baxusning qayd etishicha, G‘azo aholisi hozirda misli ko‘rilmagan shafqatsizlik va vayronagarchilikni boshdan kechirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, “har soatda ikkita ona va har ikki soatda yetti ayol vafot etmoqda”.
“180 nafar ayol har kuni suvsiz, og‘riq qoldiruvchi vositalarsiz ko‘zi yorimoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Baxus.
Izoh (0)