G‘azo sektoridagi o‘z yashash joyini tashlab ketganlar soni 1,7 million kishiga yetdi, deya xabar berdi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi o‘z saytida.
“G‘azoda 1,7 milliondan ortiq odam boshqa joyga ko‘chirilgan, shu jumladan, 900 mingga yaqin kishi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam berish ishlari agentligi tomonida tashkil qilingan 154 ta boshpanada istiqomat qilmoqda”, — deyiladi BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi rasmiy saytidagi xulosada.
Ta’kidlanishicha, hozirda mazkur boshpanalarda ularning sig‘imidan ko‘proq odam yashamoqda. Keluvchilarning davom etayotgani boshpanalar muammosini yanada kuchaytirmoqda.
Avvalroq Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 12,3 ming kishidan oshgani xabar qilingandi.
Izoh (0)