So‘nggi paytlarda Isroil va Livan o‘rtasida keng ko‘lamli urush xavfi ortdi. Bu haqda Isroil rasmiylariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, janubiy Livandan yahudiy davlatiga hujumlar “Hizbulloh” Isroil hududini o‘qqa tutishni kuchaytirishga tayyorligidan dalolat beradi. Isroil rasmiylari bunday hujumlarga javob qaytarishga shayligini bildirmoqda.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantning aytishicha, livanliklar G‘azo sektori aholisi bilan bir xil vaziyatga tushib qolishi mumkin.
Livan fuqarolariga murojaat qilaman: G‘azoda qirg‘oq bo‘ylab oq bayroqlar bilan yurib, janubga qarab harakat qilayotgan fuqarolarni ko‘rmoqdaman. “Hizbulloh” harakati ham xatoga yo‘l qo‘yib, Livanni urushga tortsa, livanliklar ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolishi mumkin. Agar “Hizbulloh” shunday xatoga yo‘l qo‘ysa, buning uchun birinchi navbatda Livan fuqarolari tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. G‘azoda qilganimizni Bayrutda ham qanday qilishni bilamiz, — deya qo‘shimcha qildi u.
Livan-Isroil chegarasida Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida to‘qnashuvlar 8-oktyabr kuni boshlangan. “Hizbulloh” safidagi yo‘qotishlar 70 kishini, Isroil armiyasidagi yo‘qotishlar to‘rt kishini tashkil etmoqda.
Izoh (0)