• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Taqdirimni Xudo belgilagan deb o‘ylardim. Endi bilsam, la’nati prodyuser o‘z shousining reytingi uchun butun hayotimni dasturlagan ekan…” — “Truman tomoshasi” filmi haqida

    • Davlat: AQSH
    • Janr: drama, komediya
    • Ishlab chiqarilgan yili: 1998
    • Rejissor: Piter Uir
    • Aktyorlar: Jim Kerri, Lora Linni, Noa Emmerix
    • Slogan: “Uni butun dunyo jonli efirda kuzatyapti, u sho‘rlik esa buni bilmaydi ham…”
    • O‘qish davomiyligi: 5-6 daqiqa

    The Truman Show — so‘zsiz kult kino. 98-yilda katta ekranlarga chiqqan ushbu filmni o‘sha paytdagi tomoshabinlar uchta muhim belgi bilan tavsiflashadi: ozgina absurdizm, ozgina komediya va ozgina faylasufona xotima. Lekin komediya bu filmga g‘irt begona bo‘lgan sifat. Bu xuddi kal sinfdoshingizga “jingalak” deb laqab qo‘yishingizdek gap. Jingalak bo‘lsa, laqab kreativ bo‘ladi, uning kalligini bilib turib, jingalak deb atash qiziqarli va o‘zgacha-ku, dersiz. To‘g‘ri, hamma gap shunda. Bu kinoda komediya yo‘qligining o‘zi uni komediya janri bilan nomlanishiga sabab bo‘lgan. Tushundingizmi? (Ma’no ma’nosiz bo‘lib, ma’nosiz ma’no bo‘lib chiqsa-chi, degandek eshitildimi?) Xo‘p, hozir yanayam aniqroq qilib tushuntiraman.

    Filmdan kadr

    Super-muper dangasalar uchun

    Undan oldin bu taqrizni oxirigacha o‘qiy olmaydigan dunyodagi eng erinchoq odamlar uchun uchta gapdan iborat spoyler+tahlil qoldiraman. Ularni to‘g‘ri tushuning, ular doimo band, axir surunkasiga o‘n soatlab uxlash va bu uyqu daqiqalarni kundan kunga oshirib borish, o‘zidan yosh vaynerning obunachilarini ko‘rib, har kech men boshlasam o‘larmidim shuni, deb siqilib chiqish, ertangi, hali ro‘y bermagan kun uchun bir kun oldin nolish, nima qilsam yo‘q joydan pul topaman/mashina olaman/aqlli bo‘laman/chetda o‘qiyman degan boshi-yu oxiri yo‘q, maza-matrasiz xayollar surish oson emas. Shu holatda to‘rt-besh betlik maqolani hatm qilib chiqishning imkoni yo‘q, axir. Hay, kinoyaning ozi yaxshi. Saytga bir kirib, chiqib ketadiganlar uchun kinotaqriz mag‘zi, marhamat. Qarsaklar shart emas:

    “ ‘Truman tomoshasi’ filmi psixologik va falsafiy ma’noni o‘zida yuklagan bo‘lib, biz barchamiz tug‘ilganimizdan beri atrofimizni o‘rab boraveradigan dasturlarni yengib o‘tishning qiyinchiliklari haqida hikoya qiladi. Yanayam aniqrog‘i, siz birovning ssenariysi asosida yashayotganingizni payqab qolasiz va atrofingizdagi jamiki narsalar soxta ekanligini anglab yetasiz…”

    Endi matnning haqiqiy kayfini surishni istaganlar uchun rosmanasiga tahlil qilishga o‘tamiz.

    Filmdan kadr

    Sujet rasshifrovkasi

    Kartina bosh qahramoni Truman Berbank sug‘urta agentligida ishlaydi, uning hayoti boshqa odamlar qatori oddiy, hech qanday o‘zgachalik yo‘q. Ammo Truman butun dunyo kuzatayotgan katta shouning bosh qahramoni ekanligidan mutlaqo bexabar. U istiqomat qilayotgan Siheven shahri aslida mavjud emas — bu shunchaki tabiiy ishlashga urinilgan chiroyli dekoratsiya. Xushchaqchaq qo‘shnilar ham Truman o‘ylagandek real odamlar emas, yelkasiga o‘sha rolni o‘ynash majburiyati o‘rnatilgan aktyorlar xolos. Bu dahshat.

    Bu rostdan dahshat! O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tug‘ilganigizdan buyon yashab kelayotgan joyingiz-u, necha yillardan beri yaqin bo‘lgan do‘stingiz, ishingiz, atrofingizdagi samimiyat, xullas, hamma-hammasi soxta bo‘lib chiqsa. Albatta, o‘z holingiz ustidan kulasiz, ammo bu kulgi ortida nimadir qonaydi, qaqshaydi, shuncha yillardan beri kimningdir ahmoqona g‘oyasi amalga oshishi uchun sizdan bir qo‘g‘irchoq sifatida foydalanilgani ichingizni eshik tirnagan mushukdek tirnaydi. Bu “gumbaz ostidagi” hayotni Trumanga hatto maxsus effektlar yordamida ob-havo sharoitini o‘zgartira oladigan prodyuser Kristof o‘ylab topgan.

    Sekin-sekin bu baxtga limmo-lim to‘lgan hayot Trumanni bezdira boshlaydi, u o‘zgarishni, iloji bo‘lsa, Sihevendan boshqa joyga ketishni istaydi. Biroq Kristofning manipulyatsiyasi a’lo darajada ish beradi: bir necha marta o‘lim yoqasiga kelgan Truman oxir-oqibat, hech qayerga ketmaslik yaxshiroq ekanligini tushunadi.

    Filmdan kadr

    Bir kuni Truman Silviya ismli qiz bilan uchrashib qoladi — haqiqat mana shu yerdan boshlanadi. O‘zaro hamdardlik iliq muhabbatga aylanadi, ammo Kristof Trumanga boshqa ayol — Merilni xotin qilib tayinlagan edi. Silviya esa Trumanga ularning ayni paytdagi munosabatlari davom etishi kerakmasligini aytib, unga bu sun’iy dunyoni anglashiga yordam beradi, Trumanning butun dunyosi illyuziya ekanligini ko‘rsatadi. Shundan so‘ng Kristof uni loyihadan olib tashlaydi, ammo Truman qizning so‘zlaridagi dahshatni tushunib yetib, jiddiy isyon ko‘tara boshlaydi.

    Film o‘z finaliga yaqinlashar payt Truman suratga oluvchi jamoani chuv tushirib, qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi. U yaxtaga o‘tirib, gumbaz chegarasiga yo‘l oladi. Shu chog‘ Kristof dengizda kuchli bo‘ron qo‘zg‘atib, Trumanni qaytarmoqchi bo‘ladi. Bo‘rondan amallab o‘tib olgan Truman gumbaz devoridagi chiqish eshigini topadi. G‘alati hissiyotlarga chulg‘angan ko‘yi bu yolg‘on dunyoni ilk bor tark etayotganida butun gumbaz bo‘ylab uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan Kristofning ovozi yangraydi. U Trumanni ayni vaqt jonli efirda millionlab odam kuzatayotganini aytib, shunday ogohlantiradi: “Eshikdan tashqariga chiqsang, hech kimga aylanasan, seni hech qanday yaxshiroq narsa, hodisa kutmaydi. Yaxshisi, shu yerda qol va yulduzlik gashtini sur, bu yerda senga hech qanday xavf-xatar chang sololmaydi”.

    Haqiqatni tushunib yetgan Trumanga esa yulduzlik gashti, millardlab odamlar uning og‘ziga qarab turgani, u allaqanday shouda judayam mashhur bosh qahramon ekanligining bir tiyinlik salmog‘i yo‘q edi. Kristofni hayron qoldirib, shunchaki bu o‘yindan ketadi va uni har vaqt kutgan sevgilisining oldiga boradi.

    Filmdan kadr

    Taqdirga ishonasizmi?

    Xulosani kompressorda o‘n barobarga siqadigan bo‘lsak, shunday ixcham ma’no kelib chiqadi: Shou asoschilari Trumanni ushlab qolish uchun qo‘lidagi bor imkoniyatlardan foydalanishdi, ammo Truman kimningdir ssenariysida yozilgan hayotni emas, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan umrni yashashni afzal bildi. Kim ham afzal ko‘rmasdi axir?!

    Ko‘plab kinotanqidchilar Trumanning Kristof bilan suhbatini Xudo bilan suhbat sifatida talqin qilishgan. Gap shundaki, inson har doim tanlovga ega. To‘rt devor siqib kelganda ham sizda tanlash va qaror qabul qilish imkoniyati bo‘ladi — barchasiga ko‘nib qo‘ygan holda oqim bilan birga suzish yoki hayotni o‘zingiz istagan tarafga o‘zgartirish uchun uning barcha qiyinchiliklar-u javobgarliklarni zimmangizga olish mashaqqati. To‘g‘ri, taqdir bor narsa, ammo bu uni yaxshi tarafga o‘zgartirish huquqi yo‘q degani emas.

    Kino so‘ngida barcha soxta qulayliklardan charchagan odamning g‘olibona jilmayishi va ta’zimini ko‘ramiz. U bu rejalashtirilgan hayotdan tolgan, haqiqiy dunyoda bunaqa sharoitlarning o‘ndan biri ham yo‘qdir, biroq u o‘z nomi bilan haqiqiy-da!

    Shuningdek, kartina oxirini ulg‘ayish metaforasi sifatida ko‘rish mumkin. Truman yo‘li — bu har birimizning baxtli bolalikdan o‘smirlik isyoni bo‘ylab balog‘at yoshiga qadar bo‘lgan ramziy yo‘limiz. Ertaklarga ishonib, chinakam hayratlanib yurgan bir juft samimiy ko‘zning aql hamda zehniyat bilan atrofni zimdan kuzatishga evrilishi.

    Filmdan kadr

    Gumbaz eshigini toping

    Kinoda ja unchalik katta ma’no yo‘q ekan-ku, deb o‘ylamang, yaxshisi, Trumanning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib, og‘riqlari hamda favqulodda sezib qolgan haqiqatlarini his qilib ko‘ring. Bu har birimiz haqidagi film. Truman uzoq vaqt davomida ostida yashagan “gumbaz”i inson tug‘ilganidanoq yelkasiga yuklanadigan allaqanday axloqiy normalar, qoidalar, tartiblar, cheklovlarga ishora beradi. Haqiqiy tirik odam, ya’ni tirikligini bildirishni istaydigan odam boshqalar yozib ketgan axloq-u intizomlarga bo‘ysunib yasholmaydi, bir kun kelib umri uchun yaratilgan dasturning hayotiga ta’sirini seza boshlaganda, ularni buzib, yanchib, yengib o‘tish ishtiyoqi, jazbasi uyg‘onadi.

    Hayotingiz nuqta-verguliga qadar qaysidir programma orqali rejalashtirilganini sezganingizdan boshlab avvalgidek yashay olmay qolasiz. Chunki isyon humori sizni qobiqni yorib chiqishga doim undab turaveradi.

    Azizbek Yusupov

    11.11.2023, 21:40   Izoh (0)   22050
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Biz askarlarga boshqalarni o‘ldirishni o‘rgatamiz, lekin samolyotga ‘la’nati’ deb yozishsa, ularni axloqsiz deb ataymiz!” — “Bugungi Apokalipsis” filmi haqida 

    10.09.2023, 08:04

    “Bolalikda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi... va keyin bum! Qarabsizki, ellik yoshdasiz, zanglagan quticha esa yagona xotirangiz bo‘lib qoladi”. “Ameli” fil...

    20.09.2023, 00:17

    “Ba’zida nega aynan men tirik qoldim, deb o‘ylab qolaman. Nega men ham shu la’nati zombilarga o‘xshab kasallanmadim? Buncha azob bo‘lmasmidi…” — “Men afsonaman” fi...

    03.11.2023, 22:00

    Foto: Bred Pitt 40 mln dollarga hashamatli uy sotib oldi

    09.11.2023, 15:48

    83 yoshli Al Pachino shu yili tug‘ilgan farzandi uchun oyiga 30 000 dollardan aliment to‘laydi

    08.11.2023, 14:38

    Arnold Shvarsenegger fevral oyida o‘z mashinasida velosipedda ketayotgan ayolni urib yuborgani ma’lum bo‘ldi

    08.11.2023, 09:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.