Yevropa Ittifoqidagi manbaga ko‘ra, HAMAS harakatiga aloqador ayrim shaxslar qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi 7-oktyabr kuni Isroilga uyushtirilgan hujum tufayli HAMAS vakillariga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Ittifoqning yuqori martabali vakili Bryusselda 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 27 mamlakat tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi oldidan jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Biz HAMASga qarshi keyingi harakatlarga ochiqmiz. Bunga ayrim shaxslarni qora ro‘yxatga qo‘shish masalasi ham kiradi”, — dedi u.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida Yaqin Sharqdagi vaziyat diqqat markazida bo‘ladi.
“Vazirlar tomonidan G‘azodagi urushda nima sodir bo‘layotgani va Yevropa Ittifoqi o‘rta muddatli istiqbolda qanday harakatlar qilishi mumkinligiga baho beriladi”, — dedi u.
Izoh (0)