Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida toksik havo tufayli nafas olish muammolari bilan kasalxonaga kelgan bolalar soni ko‘paymoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Hukumat holat yuzasidan poytaxt maktablarini shu hafta oxirigacha yopgan. Hududiy havo sifatini boshqarish komissiyasi qurilish ishlarini to‘xtatish, jamoat transportidan foydalanishni rag‘batlantirish va uydan ishlashni o‘z ichiga olgan inqirozga qarshi rejani faollashtirdi.
Havo sifatini monitoring qiluvchi IQAir kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 3-noyabr kuni Hindiston poytaxti dunyodagi eng ifloslangan shaharga aylandi. Mayda zarrachalar konsentratsiyasi kubometr uchun 523 mg ni tashkil etdi, bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasidan 104,6 baravar ko‘pdir.
Ushbu zarrachalar surunkali yurak va nafas olish kasalliklariga olib kelishi mumkin va hind pediatrlarining fikriga ko‘ra, allaqachon bolalarda yo‘tal ko‘paygan, hatto chaqaloqlar ham nafas olish belgilari bilan ambulatoriya klinikalariga yotqizilgan.
Odatda Dehli havosining sifati oktyabr va noyabr oylari orasida bir qator omillar, jumladan, ob-havo sharoiti, chiqindilar va past haroratlar tufayli yomonlashadi.
Izoh (0)