O‘zbekiston Davlat statistika agentligi sentyabr oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 23 000 so‘m (o‘tgan oyda 20 800 so‘mni tashkil etgan);
- Andijon viloyati — 23 600 so‘m (+1200 so‘m);
- Buxoro viloyati — 28 200 so‘m;
- Jizzax viloyati —24 200 so‘m (+1000 so‘m) ;
- Qashqadaryo viloyati — 25 800 so‘m;
- Navoiy viloyati — 22 400 so‘m (+1600 so‘m);
- Namangan viloyati — 19 833 so‘m;
- Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
- Surxondaryo viloyati — 25 000 so‘m;
- Sirdaryo viloyati — 24 200 so‘m (+1000 so‘m);
- Toshkent viloyati — 23 500 so‘m (+1667 so‘m);
- Farg‘ona viloyati — 21 333 so‘m (+1667 so‘m);
- Xorazm viloyati — 24 800 so‘m (+2000 so‘m);
- Toshkent shahri — 29 000 so‘m.
O‘zbekistonda eng ommaviy taom — osh narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiruvchi Palov indeksi 2020-yilning yanvaridan joriy etilgan. Ushbu ma’lumotlarni shakllantirishda respublikaning barcha hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqiladi. Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida bir porsiya palovning o‘rtacha narxi belgilanadi.
Izoh (0)