Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda eng ommaviy taom – “Palov indeksi” ma’lumotlari shakllantirilishi joriy etilmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, “Osh markazlari”)dagi 1 kilogramm palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilib borilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ushbu ma’lumotlarning shakllantirishda Respublikaning barcha hududlarida 1 kilogramm palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqildi.

Unga ko‘ra, 1 kilogramm tayyor palovning qiymatini hisoblash (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda)

  • O‘simlik yog‘i (300 gramm);
  • Piyoz (300 gramm);
  • Mol go‘shti (700 gramm);
  • Sabzi (1 kilogramm);
  • Guruch (1 kilogramm);
  • No‘xat (100 gramm);
  • Mayiz (50 gramm);
  • Ziravorlar (10 gramm);
  • Osh tuzi (5-10 gramm)
Shunga ko‘ra, umumiy ovqatlanish muassasalarida “1 porsiya” palovning o‘rtacha narxi belgilandi. Ana shunday bosqichlarda “Palov indeksi” ma’lumotlari shakllantirildi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra palovning o‘rtacha narxlari quyidagicha:

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi 1 kilogramm palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi