Eron havo mudofaasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida Karrar jangovar dronini takomillashtirilgan versiyasini sinovdan o‘tkazdi.
Endilikda dron “Majid” deb nomlangan qisqa masofaga uchuvchi “havo-havo” raketasi bilan jihozlandi, dedi Eron armiyasi shtabi boshlig‘i va havo mudofaasi kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, brigada generali Muhammad Yusuf Xoshqalb ISNA nashriga bergan intervyusida.
Karrar birinchi marta armiyamizda o‘n yil oldin ishlatilishni boshlagan. Biz uning taktik va texnik xususiyatlarini yaxshilashga, oldingi modellarga nisbatan qurollanishini oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Tezlik, parvoz masofasi, maksimal balandlik oshirildi. Karrar endi “havo-havo” raketalarini tashishga qodir, — deya qo‘shimcha qildi u.
Modernizatsiyadan oldin dronning parvoz masofasi 1 ming km, tezligi 900 km/soat, yuk ko‘tarish qobiliyati 500 kg, uchish balandligi 7,5-12 km bo‘lgan. Takomillashtirilgan dronning yangi xususiyatlari taqdim etilmagan. Faqat endilikda uning parvoz balandligi 15 km gacha yetgani ko‘rsatilgan.
Izoh (0)