Istanbulni suv bilan ta’minlovchi suv omborlarining to‘ldirish darajasi 20,6 foizni tashkil etmoqda (180 million kub metr, aslida 868 million kub metr bo‘lishi kerak). Bu haqda shahar suv resurslari va kanalizatsiya boshqarmasi (ISKI) xabar qildi.
Istanbul suv omborlaridagi zaxiralar aprel oyidan boshlab 48,5% dan pastga tushishni boshlagan.
Istanbul aholisi 16 million kishidan oshadi. Har kuni shahar aholisi taxminan 3,1 million kubometr suv iste’mol qiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oktyabr oyi boshida suv omborlarini to‘ldirish darajasi 23,31 foizni tashkil etgan.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, yaqin o‘n kun ichida Istanbulda havo harorati 22–24°C bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ISKIning qayd etishicha, oktyabr oyida Istanbulning ba‘zi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘di, ammo ular suv ta‘minoti bilan bog‘liq vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmadi.
Meteorologiya bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyi Turkiyada so‘nggi 33 yildagi eng qurg‘oqchilik oyi bo‘ldi. Turkiyaning muhim qismi (mamlakatning sharqiy va g‘arbiy qismidagi bir qator hududlar bundan mustasno) sinoptiklar tomonidan qurg‘oqchilik tufayli favqulodda vaziyat zonasiga kiritilgan.
Izoh (0)