Bangladeshda yuk va yo‘lovchi poyezdining to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mamalakat qutqaruv xizmati xabar qildi.
“Ayni damda voqea joyidan o‘n besh nafar jasad topildi, ularning soni ortishi mumkin”, — deyiladi xizmat xabarida.
Poyezd to‘qnashuvi sharqiy Bxayrab shahri yaqinida sodir bo‘lgan, u yerda yuk poyezdi qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya bir poyezd boshqa poyezd bilan bir yo‘lga kirib qolishi natijasida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)