Isroil prezidenti Isaak Gertsog Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida HAMASda kimyoviy qurol yasash bo‘yicha yo‘riqnoma borligini ma’lum qildi.
Sianiddan qanday qilib noprofessional kimyoviy qurol yasash va undan qanday foydalanish bo‘yicha HAMASdagi yo‘riqnomalar aslida “Al-Qoida” terrorchilarining rasmiy materiallari. Biz ISHID, “Al-Qoida” va HAMAS bilan kurashmoqdamiz, — dedi prezident Isaak Gertsog.
Suhbat davomida Gertsog ana shunday yo‘riqnomalarning nusxalarini ko‘rsatdi. Varaqlardan birida lotin harflarida yozilgan “Al-Qoida” yozuvi bor. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu qog‘ozlar o‘ldirilgan HAMAS jangchilaridan birining jasadidan topilgan.
Sky News Isroil prezidentining mazkur da’volarini mustaqil tasdiqlay olmasligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)