Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Toshkentning Sergeli va Yashnobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash hamda sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan quyidagi tumanlarning baʼzi mahalla va ko‘chalarida 20-oktyabr kuni gaz taʼminoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumanida (10:00 dan 16:00 gacha) — “Qumariq” mahallasi, ulgurji isteʼmolchilar 4 ta;
- Yashnobod tumanida (11:00 dan 18:00 gacha) — Yangihayot ko‘chasidagi xonadonlar, ulgurji isteʼmolchilar 5 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Avvalroq “Hududgaztaʼminot” AJ tunda yuqori bosimda tabiiy gaz kelishi haqida xabarlar yuzasidan izoh bergandi. “Bu feyk xabar. O‘tgan yilgi tarqalgan audioyozuv asosida shunday xabarlar tarqalgan”, — deyiladi jamiyat axborotida.
Izoh (0)