Daryo

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Baxtiyor Saidov yangi tayinlangan elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi

1 daqiqa o‘qish7 886 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariyning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanaliga yozib qoldirdi.

Foto: Telegram / Baxtiyor Saidov

Qayd etilishicha, tomonlar O‘zbekiston—Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilgan.

“Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Sentyabr boshlarida Eronning O‘zbekistondagi elchisi Hamid Nayrobodiy mamlakatdagi faoliyatini yakunlagandi. 

Avvalroq O‘zbekistonning Polshadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlayotgani, Toshkentda Braziliya elchixonasi ochilishi mumkinligi, Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar