UFC jangchisi Hamzat Chimayev tashkilot bilan shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqida Chimayevning menejeri Mahdi Shammas ma’lum qildi. Shammasning so‘zlariga ko‘ra, sportchi uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Hamzat so‘nggi bor 2022-yil sentyabr oyida Kevin Hollandga qarshi jang qilib, birinchi raunddayoq g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat Chimayev 21-oktyabr kuni UFC 294 doirasida Kamaru Usmonga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Izoh (0)