“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlar qatoridan joy oldi.
Angliya futbol assotsiatsiyasi Yevro—2024 muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Eddi Xauni terma jamoaga murabbiy etib tayinlash haqida o‘ylamoqda.
Biroq mutaxassis terma jamoada ishlashga qiziqmayapti va yana bir necha yil “Nyukasl”ni boshqarish istagida.
Garet Sautgeytning Angliya terma jamoasi bilan shartnomasi 2025-yil oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Angliya futbol assotsiatsiyasi Eddi Xaudan tashqari Stiv Kuper (“Nottingem Forest”) va Grem Potter (“Chelsi”ning sobiq murabbiyi) variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)