Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda “78.ru”.
Voqea 13-oktyabr kuni ro‘y bergan, “Briola” mehmonxonasi yonida mast o‘zbekistonliklar janjallashgan.
Voqea joyiga yetib kelgan otryad xodimlari mehmonxonada yashovchi 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadini topdi, uning bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘iga pichoq urilgani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Politsiya 39 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga olgan, u hozir hibsda.
Avvalroq Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak lift shaxtasiga yiqilish oqibatida vafot etgandi.
Izoh (0)