Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida terrorizmni moliyalashtirishda gumon qilingan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yigit 2022-yili Suriyada faoliyat yurituvchi “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkiloti aʼzosi bo‘lgan Yusuf bilan yozishmalar olib borgan.
O‘zbekiston fuqarosi “moddiy jihod” qilgan — u terrorchilar ehtiyojlari uchun ko‘rsatilgan hisob raqamiga 12 ming rubl (taxminan 125 ming dollar) o‘tkazgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekistonlik yigit izolyatsiyaga joylashtirilgan. U aprel oyida Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan.
Izoh (0)