• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Soyadagi odamlar: “Baʼzi odamlar bilan ishlashdan ko‘ra yirtqich hayvonlar bilan ishlash osonroq” — hayvon boquvchi hikoyasi (foto, video)

    Mirvohid Maqsudov Toshkent hayvonot bog‘ida 25 yildan beri yirtqich hayvonlarga qaraydi. Asosan bo‘rilarga masʼul xodim shu kungacha hayvonot bog‘ida tug‘ilgan o‘ndan ortiq sher va yo‘lbars bolalarini ham parvarish qilgan. U “Daryo” muxbiri bilan suhbatda maoshi kam bo‘lsa-da, ishdan ketmasligi sabablari, xatarli kasbining o‘ziga xosliklari, ishida uni ranjitadigan ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirdi.

    22 yoshida Toshkent hayvonot bog‘iga ishga kelgan Mirvohid Maqsudov yirtqich hayvonlar bo‘limiga qabul qilingan. Yoshgina yigitning ichidagi qo‘rquv qanchalik kuchli bo‘lmasin, oila boqish tashvishi hammasidan ustun keldi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Birinchi ishni bo‘rilarga qarashdan boshlaganman. Qo‘rqqanman, tishlab olmasmikan, yeb qo‘ymasmikan, uyga sog‘-omon borarmikanman degan o‘ylar o‘tgan ichimdan. Lekin na chora ish kerak edi. Keyin sekin-sekin qo‘rquvni yengdim, chunki har kuni jonivorni tozaligiga qarab, parvarishlab boqsangiz, mehringiz ham tusharkan. Ular ham sizga o‘rganib qoladi. Masalan, meni hozir yirtqichlar bo‘limidagi hamma jonivorlar taniydi, ayniqsa, bo‘rilar. Oilaviy dam olishga kelganimda yonidan o‘tsam, jonivorlar erkalanib sakraydi, turli qiliqlar, harakatlar qiladi. Odamlar meni bu yerda ishlashimni bilmaydi-ku, ular bizga sakrayapti deb o‘ylashadi. Aslida esa jonivorlar meni – tanish odamni ko‘rib, tanish ovozni eshitgani uchun shunday qiladi. Siz ularni ismi bilan chaqirsangiz, qaramasligi mumkin, lekin bizga qaraydi. Baʼzida ovozimizni eshitib tinchlanishadi.

    Foto: “Daryo”

    Hayvon qarovchilarning ishi 7:00 da boshlanadi. Ular avval qafaslarni tashqi tomondan ko‘zdan kechirib chiqishadi. Mirvohid Maqsudovning aytishicha, hayvon boquvchisi uchun bu ishining eng muhim qismi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Bu xavfsizlik uchun kerak. Chunki hayvonlar tashqariga chiqib ketmaganmi, qafaslarning qulfi joyidami nazorat qilamiz. Keyin ichkari qafaslarga kiramiz. Birinchi hayvonlarni ko‘zdan kechiramiz, panjaraga tiqilib qolmaganmi, holati yaxshimi, jiddiy o‘zgarish yo‘qmi – hammasi nazorat qilinadi. Agar jonivorning mazasi bo‘lmasa yoki bolalagan bo‘lsa, bo‘lim boshlig‘imizga xabar beramiz. U hayvonot bog‘i veterinarlarini chaqiradi. Hammasi joyida bo‘lsa, hayvonni chiqarishdan oldin qafasning tashqi tomonini tozalaymiz. Keyin o‘zimiz ichkariga kirib, uni tashqi qafasga qo‘yib yuborib, panjarani yopamiz.

    Shundan keyingina ichki qafaslarni tozalab, nam bo‘lgan joylarga yangi qipiq to‘kamiz. Go‘sht qoldiqlarini yig‘ishtirib, suvini yangilaymiz. Ish ketma-ketligiga qatʼiy amal qilishimiz kerak. Chunki yirtqich hayvon baribir hujumkor, har qanday ehtiyotsizlik hayotimizni xavf ostiga qo‘yadi. Bundan tashqari bir-birimizning xavfsizligimizni nazorat qilish uchun qafaslarni tozalashga doim ikki kishi kiramiz. Juda diqqatli bo‘lish talab qilinadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Toshkent hayvonot bog‘ida agar jonivorlar bolalarini o‘zi boqmasa, maʼlum muddat ishchi-xodimlar qarashadi. Qahramonimiz ham shu paytgacha ana shunday o‘ndan ortiq sher va yo‘lbars bolalarini parvarishlab katta qilgan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Hayvon bolalarini kechga navbatchilikda qolib, sut, ozuqasini berib parvarishlaymiz. Xuddi farzandimizday yonimizda olib yotamiz. Keyinchalik katta bo‘lgach, boshqa hayvonot bog‘lariga berishsa yoki o‘lib qolsa, bu menga og‘ir botadi. Biroz vaqt dangasaligim tutib, qo‘lim ishga bormay qoladi. Xuddi bolalaringiz buvisini ko‘rgani bir-ikki kun ketsa, uyingiz huvullab qoladi-ku, xuddi shunday holat buyam. Ko‘pincha o‘zim parvarish qilgan hayvonlarni berib yuborishayotganda uni ko‘rmaslik uchun tashqariga chiqib ketaman. Hamkasblarim ham buni biladi, hayvonlarni berib yuborishayotganda “siz kirmang, yig‘laysiz” deb qafasga kiritishmaydi. Bilasizmi, baʼzida odamlar bilan ishlashdan ko‘ra yirtqich bo‘lsa ham hayvonlar bilan ishlash osonroq. Baʼzi odamlar sizni tushunmasligi mumkin, lekin jonivorlar tushunadi, kayfiyatingizni sezadi.

    Foto: “Daryo”

    Toshkent hayvonot bog‘ining yirtqich hayvonlar bo‘limi mudiri Nodir Bahromovning aytishicha, Mirvohid Maqsudov rostan ham jonivorlarni juda yaxshi parvarish qiladi. O‘zi boqqan hayvonlar boshqa hayvonot bog‘lariga ayirboshlanganda yoki sotilganda uzoq vaqt ranjib yuradi.

    Foto: “Daryo”
    Nodir Bahromov
    Foto: “Daryo”

    — Aslida ham hayvonot bog‘ining xodimlari jonivorlarni yaxshi ko‘rganidan ishlaydi. Toshkent hayvonot bog‘i ochilgandan beri qancha xodimlar kelib ketdi. Lekin Mirvohid aka 25 yildan beri shu yerda, bizda bunday uzoq vaqt ishlagan odamlar judayam kam. Ikkimiz ham 1998-yilda bir vaqtda ishga kelganmiz. Bu inson meni doim qoyil qoldiradi. O‘zlari baquvvat, gavdali inson bo‘lsalar ham ko‘ngli yumshoq. Kamgap, ichidagi tuyg‘ularini so‘z bilan ifodalab berolmasliklari mumkin, lekin ishining ustasi. Bizda hamma joylarga kameralar o‘rnatilgan. Shunday xodimlar bo‘lganki, nimadandir asabi buzilsa, jonivorlardan alamini olgan yoki uni oziq-ovqati, go‘shtidan o‘g‘irlab yegan holatlariga ham duch kelganmiz. Lekin Mirvohid aka hech qachon jonivorlarga ozor berganini ko‘rmaganman.

    Bugungi kunda hayvonot bog‘ining yirtqich hayvonlar bo‘limida 26 ta jonivor bor. Ularga 7 nafar xodim qaraydi. Mirvohid Maqsudov, asosan, bo‘rilarga qarashga masʼul. Lekin hamkasblariga boshqa hayvonlarga qarashga ham yordam beradi. Uning aytishicha, har bir jonivorning o‘ziga xos xarakteri bor.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Masalan, bo‘rilar ayyor, hujumkor bo‘ladi. Ular tabiatiga ko‘ra guruh bo‘lib ov qilgani uchun qo‘rqmaydi, qaytmas bo‘ladi. Sherlar ham bo‘rilarga o‘xshab ketadi. Lekin eng pismiq hayvon ayiq hisoblanadi. O‘zini erkalanayotganday tutib, panjara ortidan qo‘llari bilan sizni tortib olishga harakat qiladi. Ular bilan ishlashda chaqqonlik talab qilinadi, tez harakat qilish uchun doimiy maxsus oyoq kiyimda yuramiz. Shu paytgacha jiddiy jarohat olmagan bo‘lsam-da, ehtiyotsizlik qilib jonivorlar u-bu joyimni tilgan paytlari bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Hayvonot bog‘iga keluvchilarning asosiy qismi bolalar va ularning ota-onalaridir. Qiziquvchan bolalar jonivorlar ular chaqirganda qarashini, har xil harakatlar qilishini istashadi. Hayvonlar eʼtiborini tortish uchun ularga yeguliklar ham tashlashadi. Xodimlarning aytishicha, bu jonivorlarga zarar yetkazib, ularning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Baʼzida odamlar, bolalar hayvonlarga narsalar: har xil yeguliklar, mevalar, yelim idishlar otishadi. Bu jonivorlarga zarar. Ayniqsa, baklajkalarni bilmasdan chaynab qo‘yishadi, tiqilib qolishi mumkin. Shunga yo‘l qo‘ymaslik uchun doimiy nazorat qilamiz. Yana bir holat – yirtqichlar asosan kechasi ov qilgani uchun odatda kunduzi uxlashadi, lanj yurishadi. Bu instinkt o‘zgarmaydi. Odamlar esa nega ular doim uxlaydi, turg‘izinglar deb shikoyat qilishadi. Har kuni shu ahvol.

    Mirvohid Maqsudovning aytishicha, yirtqich hayvonlarga har kuni soat 16:00 larda ovqat beriladi. Buning uchun kunlik oziq-ovqat omborxonasidan 80 kg mol go‘shti ajratiladi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    — Har bir bo‘ri kuniga 3 kilodan, sher va yo‘lbarslar 10-11 kilodan go‘sht yeydi. Ayiqlarga esa qon hidiga o‘rganib, hujumkor bo‘lib qolmasligi uchun go‘sht aralashtirilib pishirilgan meva-sabzavotlar beramiz.

    Toshkent hayvonot bog‘ida yirtqich hayvonlar bo‘limi ishchilarining maoshi 2,5—3 mln so‘m atrofida. Qahramonimiz bu bir oilani boqish uchun yetadimi degan savolimizga quyidagicha javob berdi:

    — Hozircha yetib turibdi. Keyin oilaviy ishlaymiz. Ikkita o‘g‘lim bor. Kattasi men bilan shu yerda – hayvonot bog‘ining xo‘jalik bo‘limida bog‘bon bo‘lib ishlaydi. Ikkinchi o‘g‘lim savdo markazida xavfsizlik xizmati xodimi. Rafiqam uy bekasi bo‘lsa-da, ro‘zg‘orga yordam bo‘lsin deb xonadonlarni tozalashga borib turadi, kunlik ishlarga chiqadi. Shunday qilib ro‘zg‘orning yetmay qolgan joylarini birgalashib to‘ldiramiz. To‘g‘ri, doim ham maosh yetmaydi. Lekin tejab-tergab yetkazamiz. Ishdan ketish haqida o‘ylamaganman. Hatto hayot tashvishlarini ishga kelib biroz unutaman, jonivorlarni parvarishlashdan zavq olib, taskin topaman. Bu menga kuch beradi.

    Foto: “Daryo”

    Mirvohid Maqsudov ayni paytda o‘g‘illarini uylantirish tashvishida. U yana uzoq yillar hayvonot bog‘ida ishlab, shu yerdan pensiyaga chiqishni niyat qilgan.

    Maqsuda Abduqayumova suhbatlashdi

    14.10.2023, 19:40   Izoh (0)   21185
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Soyadagi odamlar: “Oilamdagilar kasbimdan uyalishgan” — chiptachi ayol hikoyasi (foto, video)

    01.10.2023, 00:34

    Soyadagi odamlar: “Farzandlarim menday bozorda yurmasa, o‘qisa deyman”. Baliq tozalovchi hikoyasi (foto, video) 

    07.10.2023, 20:16

    Yangi avlod darsliklari: boshlang‘ich sinf darsliklarining afzalliklari va jamoatchilik eʼtirozlari haqida (video)

    14.10.2023, 18:32

    Shavkat Mirziyoyev Shayxontohurda qurilgan yangi podstansiya bilan tanishdi

    14.10.2023, 17:17

    Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 868,2 mln so‘mlik kamomad aniqlandi

    14.10.2023, 16:25

    Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

    14.10.2023, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.