Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bir guruh bitiruvchilarini ushbu lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlashga oid masala ham ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, tayinlov jarayoniga nomzodlarning ota-onalari ham taklif etilgan. Qizg‘in muhokamalar natijalariga ko‘ra, sudyalar korpusiga yana besh nafarga ko‘paygan.
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:
- Aziz G‘aniyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Farrux Rahimov — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
- Bahodir Qurbanov — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
- Shahnoza Suvanova — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
- Mamlakatxon Toshmatova — sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan edi.
Izoh (0)