Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi nojo‘ya xatti-harakatlar qilgani aniqlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.
Keltirilishicha, odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari B.Vahobov lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi.
Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan edi.
Izoh (2)
Ma'lumot olingan manba bilan solishtirib o‘qinglar
Maqolani e'lon qilishdan avval YAXSHILAB o‘qib, sarlavhadagi holatni asoslab yozish kerakmasmi???