Alisher Amirov Surxondaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Alisher Amirov 1977-yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llari institutini, 2014-yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yer usti transporti tizimlari muhandisi.
U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent viloyati bo‘limi sho‘ba mudiri, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida boshqarma boshlig‘i, boshqaruv raisining o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Sherobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2021-yildan buyon Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Avvalroq Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)