Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida sudyaning xatosi sabab erkak nogironlik nafaqasini ololmay qolgani haqida xabar berilgandi. Sudyalar oliy kengashi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, sudyaning sirtdan chiqargan qaroriga asosan erkak nogironlik nafaqasini ololmay qolgan. Uning nafaqasi o‘ziga tegishli bo‘lmagan bankdan olingan kreditga yo‘naltirilgan. Erkakning o‘g‘li sudya o‘z aybini tan olganini, lekin vaziyat o‘zgarmaganini ta’kidlagan.
Qashqadaryo viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida xabardagi holatlar tasdig‘ini topgan. Yakunda viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atining qarori bilan sudya O.Suyunovga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilib, tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Izoh (0)