Qozog‘iston Rossiyadan 5 milliard kilovatt-soatga yaqin elektr energiyasi olishi mumkin. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Rossiyaning Inter RAO energetika kompaniyasi yil oxirigacha respublikaga elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Rossiyada elektr energetika bozorining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan “Bozor kengashi” konferensiyasi doirasida kompaniya vakillari Qozog‘istonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi bo‘yicha prognozlarini e’lon qildi.
“Qozog‘istonga salkam 5 milliard kilovatt-soatdan elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan”, — deydi elektr energiyasi kompaniyasi vakili Aleksandra Panina.
Bundan tashqari, Panina, umuman olganda, Inter RAO bir gigavatt Rossiya elektr energiyasini janubga eksport qilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)