Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Vasileostrovskiy tumanida soxta dollarlar savdosi bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik valyutafurushlar qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jinoiy sxema tashkilotchisi bo‘lgan 37 yoshli tadbirkor, valyuta sotish uchun xaridor qidirayotgan 19 yoshli talaba, shuningdek, 20 yoshli tennischi va ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
Mijozlarni qidirib, noqonuniy valyuta ayirboshlashni tashkillashtirganlar politsiya bo‘limda qolgan. Qolgan ishtirokchilar esa so‘roqdan keyin qo‘yib yuborilgan.
Izoh (0)