Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining mingga yaqin jangarisi hozir Belarusda qolmoqda. Bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati spikeri Andrey Demchenko xabar berdi.
“Esimizda, Belarus hududiga faol ravishda kela boshlaganlarida ularning soni 6000 atrofida o‘zgarib turardi. Razvedka bo‘linmalari chegaraning narigi tomonida ham Belarusda, ham Rossiyada sodir bo‘layotgan hamma narsani diqqat bilan kuzatib boradi”, — dedi spiker.
Belarusga iyundan joylashishni boshlagan “Vagner” yollanma harbiylari avgust oyining boshida demontaj qilina boshladi.
“Vagner”ning ajratilgan bo‘linmalari Rossiya kuchlari tarkibida Ukrainaga qarshi jang qilish uchun qaytishi mumkin. Biroq jangarilar harbiy vaziyatga ortiqcha ta’sir o‘tkaza olmayapti, deya xabar beradi Amerika urushni o‘rganish instituti.
Izoh (0)