Afg‘onistonda hukumat tepasida turgan “Tolibon” rasmiylari Bodg‘is viloyatining Bala-Murg‘ob hududi orqali Turkmaniston bilan yangi chegara tranzit punkti tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Hukumat matbuot kotibi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, ushbu yangi yo‘nalishni yaratishdan maqsad tovarlar eksporti va importini osonlashtirish, deb yozmoqda ToloNews.
“Biz Bala-Murg‘ob orqali Turkmaniston bilan bog‘lanish uchun yangi yo‘nalishni rejalashtirdik. Ish qizg‘in davom etmoqda, loyiha allaqachon belgilab olingan. Kompaniyalar bilan kelishib, tranzit punktini qurish bo‘yicha ular bilan shartnomalar imzolayapmiz, amaliy ishlari boshlanmoqda”, — dedi matbuot kotibi.
Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarasida 800 kilometrdan ortiq bo‘lgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti mavjud: Farobdagi Akina va Hirotdagi Turg‘undi.
Eziz Boyarov
Izoh (0)