• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Omadsiz turmush, yaqin insonlarining o‘limi va qayta qozonilgan mashhurlik. “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya haqida

    O‘zbek tomoshabinlarining sevimli filmlari qatoridan joy olgan “Bobbi” filmining final sahnasida yosh Dimpl Kapadiyaning qo‘llaridagi nikoh xinasini yashirishning iloji bo‘lmagan. Raj Kapurning blokbasteri ekran yuziga chiqishidan avvalroq bosh qahramonni gavdalantirgan o‘smir qizaloq, o‘zidan 16 yosh katta bo‘lgan Rajesh Khannaga turmushga chiqib ulgurgan edi.

    Foto: Bolliwoodtime

    Erta karyera va erta turmush

    Dimpl Kapadiya 1957-yil 8-iyunda Bombeyda dunyoga kelgan. Tug‘ilganida Amina deb ism qo‘yilganiga qaramay, yuzida kulgichi borligi sabab qizaloqni Dimpl deb chaqirishgan. U oilada 4 nafar farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan. Dimpl Raj Kapurning “Bobbi” (1973) filmida suratga tushish uchun tasdiqlangan. Uning Rajesh Khanna bilan samolyotdagi parvoz vaqtida tanishgani aytiladi. Yasir Usmanning “Rajesh Khanna: Hindistonning eng katta superyulduzi” kitobida yozilishicha, aktyor Dimplni bir ko‘rishdayoq sevib qolgan. Bir necha yil uchrashib yurgan qaylig‘i Anju Maxendra bilan munosabatlariga chek qo‘ygan Rajesh 15 yoshli qiz bilan hayotini bog‘lashni afzal bilgan. Turmush qurganlaridan 6 oy o‘tib, “Bobbi” ekran yuzini ko‘rgan va Dimpl eng yaxshi aktrisa sifatida Filmfare Award’ni qo‘lga kiritgan.


    Foto: Bolliwoodtime

    O‘zligini yo‘qotishdan qo‘rqqan aktrisa

    Dimpl oilali bo‘lganidan keyin avvalgidek erki o‘ziga bog‘liq bo‘lmay qolgan. Zamonaviy kalta liboslar o‘rniga shifon matosidan tikilgan sari kiya boshlagan. Kayfiyati va o‘zini tutishi ham qizlik vaqtidagidan farq qila boshlagan. Ko‘p o‘tmay yoshida sezilarli farq bo‘lgan juftlik munosabatlarida darz ketish kuzatilgan. Rajeshning mashhurlikni qo‘ldan boy berib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani, shuningdek, qo‘pol munosabatda bo‘lishi hali yosh va beg‘ubor bo‘lgan Dimplga og‘ir botgan. Aktrisa 1982-yilda 8 va 4 yoshli qizlari Tvinkl va Rinka bilan uydan chiqib ketgan.

    Foto: Bolliwoodtime

    “Biz Rajesh bilan uzoq vaqt davomida turmushimizning barbod bo‘lganiga ko‘nika olmadik. Ammo men u bilan qancha uzoq qolsam, o‘zligimni shuncha ko‘p yo‘qotishimni tushunib yetdim. Men uning tabassumini ko‘rish uchun hamma narsa qilishga tayyor edim”, — degan u India Today nashriga bergan intervyusida. 10 yillik turmushidan keyin bir olam hayotiy tajriba bilan kinoolamiga qayta qadam tashlagan Dimpl “Ishonch” (1985), “Kibr” (1993) hamda “Chorasizlik” (1993) singari filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro qilgan.

    Foto: Bolliwoodtime

    Dimpl o‘xshamagan turmushi, ikki nafar singlisi va ukasining vafotidan saboq olib ulgurgan edi. “Hayotimning butun hikoyasi yuzimda o‘z aksini topgan. Unda beg‘uborlik ham, sipolik ham yo‘q. Undan ko‘p narsani bilish mumkin”, — degan u India Today’ga bergan intervyusida. Rejissor Mrinal Sen uni Sofi Loren bilan solishtirib, yuzini “huvullagan manzara”ga o‘xshatganda Feroz Xon: “Hech bir boshqa qizda bu qadar agressiya namoyon emas”, — degan. Hatto sochidagi erta oralagan oqlar ham boshidan kechirgan davrlaridan mag‘rurona eslatmadek edi go‘yo.


    Foto: Bolliwoodtime

    Ikkinchi urinish

    Dimpl katta ekranlarga “Sevgi dengizi” (1984) filmidagi roli bilan qaytgan. 1985-yilda premyerasi bo‘lgan filmdan keyin Dimlp Filmfare mukofotiga eng yaxshi aktrisa sifatida loyiq deb topilgan. Maxesh Bxattning “Koshki”(1987) nomli filmi aktrisaga haqiqiy mashhurlik keltirgan. “Men Dimplni u gavdalantirgan qahramon Pujidan farqlay olmayman. U hayotida ko‘p narsalarni boshdan o‘tkazgan”, — degan film rejissori Bxatt.

    Foto: Bolliwoodtime

    “Kibr” (1993) filmidagi ijrosi ortidan esa Milliy mukofotni qo‘lga kiritgan. 2020-yilda aktrisa Kristofer Nolanning “Dalil” nomli trillerida ham suratga tushgan. “Bu o‘zimga ishonishga majbur qildi”, — deydi u. 2021-yilda esa Ali Abbos Zafarning “Tandav” deb nomlangan serialida ishtirok etgan. Kelajakdagi loyihalari orasida Ayan Mukerjining “Braxmastra” fentezisi hamda Dinesh Vijanning hali nomi ma’lum bo‘lmagan komediyasi bor.

    Yaxshi rafiqa

     

    Foto: Bolliwoodtime

     

    Vaqt o‘tishi bilan Dimpl va Rajeshning munosabatlari iziga tusha boshlagan. Xafagarchilik va ginaning o‘rnini o‘zaro hurmat egallay boshlagan. Undan nima uchun ikkinchi marta turmushga chiqmasligi haqida so‘ralganda: “Men juda ham baxtliman va hayotimdan mamnunman. Qayta turmush qurishning nima keragi bor? Bir martasi shundoq ham yetarli bo‘lgan”,— degan.

    22.09.2023, 12:31   Izoh (0)   19276
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Super yulduz Rajesh Kxanna va Dimpl Kapadiya qizlarining muvaffaqiyatsiz karyerasi (foto)

    11.08.2021, 13:50

    16 yoshida turmushga chiqqan hamda mashhurlikka erishgan: “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya hozir qayerda? (foto)

    31.05.2022, 15:02

    Kianu Rivz “Jon Uik 4”da bosh qahramonning o‘limini o‘zi iltimos qilgani ma’lum bo‘ldi

    21.09.2023, 12:54

    Chinozlik Ahmadboy haqida suratga olingan “Piramida” serialining premyerasidan reportaj (video)

    20.09.2023, 19:36

    “Bolalikda vaqt juda sekin o‘tayotgandek tuyuladi... va keyin bum! Qarabsizki, ellik yoshdasiz, zanglagan quticha esa yagona xotirangiz bo‘lib qoladi”. “Ameli” fil...

    20.09.2023, 00:17

    “Qasos o‘ti”: Mashhur hind filmining suratga olinish tarixi haqida qiziqarli faktlar

    19.09.2023, 13:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.