• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Qasos o‘ti”: Mashhur hind filmining suratga olinish tarixi haqida qiziqarli faktlar

    Hind kinoijodkorlari 1983-yilda Avstraliyaning “Edemga qaytish” seriali remeyki bo‘lgan “Qasos o‘ti”ni taqdim qilgan. Filmning yaratilishi haqidagi ma’lumotlar ko‘plab tomoshabinlar uchun qiziq bo‘lishi aniq.

    Foto: Bollywoodtime

    Rekha Bollivudda mashhurlikka erishishidan oldin ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Aktrisa “Uy” va “Taqdir hukmdori” kabi filmlardagi rollari orqali tanilmasidan oldin 50 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.  

    Foto: Bollywoodtime

    1980-yillar Rekha hayotida ijodiy faol davrlar bo‘ldi. Aktrisa “Opa-singillar” (1980-yil) va “Umrao Jaan” (1981-yil) filmlarida suratga tushganidan keyin mukofot bilan taqdirlangan, biroq shu bilan birga u ishtirok etgan ayrim filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Oradan ko‘p o‘tmay hind kino olamida yangi aktrisalar — Shridevi va Madhuri Dikshit paydo bo‘lganligi sababli Rekha o‘zining 1-raqamli aktrisa maqomini yo‘qotdi.

    Foto: Bollywoodtime

    1988-yil uni shon-shuhrat cho‘qqisiga qaytardi. Yozuvchi Yosir Usmon “Rekha: Aytilmagan hikoya” asarida “Qasos o‘ti” dramasi “uning butun hayotidagi eng yaxshi roli bo‘lganini” ta’kidlaydi. Filmni Rekhaning “Opa-singillar” (1980-yil) filmidagi partnyori, aktyor Rakesh Roshan suratga olgan.

    Foto: Bollywoodtime

    “Qasos o‘ti” filmida Rekha ikki nafar kichkina bolasi bilan yolg‘iz qolgan Arti ismli beva ayol rolini o‘ynagan. U boyning yolg‘iz qizi, biroq bolalari bilan fermada kamtarona hayot kechiradi.

    Foto: Bollywoodtime

    Artining otasidan norozi xodim Xiralol (Kader Xon ijrosida) uni o‘ldiradi. Oradan vaqt o‘tib Artiga o‘zining kelishgan jiyani Sanjayni (ushbu rolni Kabir Bedi ijro etgan) tanishtiradi.

    Foto: Bollywoodtime

    Pulga tashna Sanjay Artiga qoyil qoladi va unga turmush qurish taklifini beradi. Bu voqeaning ertasiga Arti, uning dugonasi va Sanjay ko‘lga boradi. Sanjay Artini timsohlar ko‘p bo‘lgan suvga itarib yuboradi. Suv qonga to‘lganidan keyin Sanjay Artini o‘lgan deb taxmin qiladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Biroq, Artining o‘limini tasdiqlovchi tanasi bo‘lmasa, Sanjay yetti yil davomida uning boyligidan foydalana olmaydi. Shundan keyin Sanjay atrofdagilarga o‘zining haqiqiy qiyofasini ko‘rsata boshlaydi. Bu paytda Arti mehribon insonning yordami tufayli mo‘jizaviy tarzda tirik qoladi. Biroq u oynaga qaragach, dahshatga tushadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Arti og‘ir vaziyatda o‘zini qo‘lga oladi, olmos sirg‘alarini sotadi va uni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartiradigan plastik jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish uchun chet elga boradi. Hindistonga qaytgan Arti o‘zini mashhur model Jyoti qilib ko‘rsatib, Sanjaydan qasos olishga qaror qiladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Film sujeti Avstraliyaning “Edemga qaytish” mini-serialidan olingan. Artining ko‘lga tashlab yuborilishi, uning omon qolishi va zamonaviy makiyaj va rang-barang kostyumlar bilan modaga qaytishi sahnalari loyihaning asl nusxasidan olingan. “Edemga qaytish” filmidagi Stefani (Rebekka Jilling ijrosida) ham uning “o‘limi” uchun motam tutadigan sodiq itga ega bo‘lgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Rekha filmda suratga tushganida atigi 34 yoshda bo‘lgan. Biroq o‘sha paytda Bollivudda bu yosh aktrisalar uchun katta yosh deb hisoblangan. Aktrisa filmda ikkita — oddiy Arti va go‘zal model Jyoti rolini o‘ynashi kerak edi.

    Foto: Bollywoodtime

    “Rakesh Roshan Rekhaning jozibali qiyofasini mohirlik bilan yaratgan. Film Bollivudning odatiy shablonli burilishlari bilan bezatilgan edi”, — deb yozadi Usmon. Ikkinchi qismdagi Rekhaning garderobi hozirda eskirgan ko‘rinadi, ammo bu 1980-yillarning modasi edi. Shunga qaramay, o‘sha paytdagi tomoshabinlarga film juda yoqdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Ushbu kartina “Edemga qaytish” ning remeykida qaqnus qushidek qayta tug‘ilgan va ommani o‘zining shiddati bilan lol qoldirgan Rekxaning shon-shuhrati gultojiga aylandi.

     

    Foto: Bollywoodtime

    Uning film oxirida hayotini o‘z o‘rniga qaytarishni talab qiladigan, yovuz insondan gunohlari uchun o‘ch olgan qahramoni Amitabh Bachchan o‘ynagan rollarni eslatadi. Shundan so‘ng, ba’zilar aktrisani “Ledi Amitabh” deb atashni boshladi.

    Kinokartina nafaqat yuqori kassa yig‘imlari va tanqidchilarning ijobiy fikrlari, balki Filmfare mukofotining yettita yo‘nalishiga nomzod bo‘ldi va shularning uchtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rekha “Eng yaxshi aktrisa”, Sonu Valiya “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” va muharrir Sanjay Verma “Eng yaxshi montaj” yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Biroq, filmdagi ayrim jarayonlar silliq kechmagan. Buning sababi, birorta ham Bollivud aktyori Sanjay rolini o‘ynashga rozi bo‘lmagan. Rakesh Roshan salbiy rolni ijro etadigan aktyorni topish qiyin bo‘lishini bilardi, bundan tashqari ushbu loyihada ham asosiy e’tibor aktrisaga qaratilardi.

    Foto: Bollywoodtime

    U dastlab aktyor Dipak Parasharni bu rolga taklif qilmoqchi bo‘ldi, biroq Rekha Kabir Bedini taklif qildi. Kabir Bedi o‘zining eng mashhur xorijiy asari – Italiyaning “Sandokan” mini-serialida va Jeyms Bond haqidagi filmida suratga tushgan o‘sha paytda allaqachon dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishib bo‘lgandi.  

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyor bu paytda Gavayida bo‘lib, “Magnum” serialida suratga tushayotgan edi va rejissor Bedi o‘zining gullab-yashnayotgan karyerasini faqatgina bitta hind filmi uchun xorijda qoldirib, Hindistonga qaytishiga shubha qildi, ammo bari bir unga qo‘ng‘iroq qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    “Men Rakeshdan nima uchun aynan men bu rolni ijro etishim kerak, Bollivuddagilar ish tashlayaptimi’, deb so‘radim. U esa bizdagi hech bir aktyor yovuz qahramon rolini qabul qilmayotganini, men uning oxirgi umidi ekanligimni aytdi”, — deb eslaydi Kabir. Bedi uch oy vaqtini oladigan loyihada suratga tushishga rozi bo‘ldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Darvoqe, rejissor dastlab Jitendrani Artining turmush o‘rtog‘i epizodik rolini o‘ynashini rejalashtirgan, biroq u o‘sha kunlarda juda band bo‘lgan, shu bois Rakesh Roshan bu rolni o‘zi ijro etgan.

    Foto: Bollywoodtime

    U Anita Rajni Nandini rolida ko‘rishni orzu qilgan, biroq aktrisa salbiy rol o‘ynashni istamagani uchun rad javobini bergan. Uning bu rolni rad etishi 1985-yilgi “Hindiston go‘zali” Sonu Valiyaga qo‘l keldi va unga nafaqat mukofotlar va tomoshabinlar muhabbatini, balki suratga olish maydonchasida Kabir Bedining muhabbatini ham keltirdi.

    Foto: Bollywoodtime

    “Rakesh Roshan suratga olish jarayonida yana bir qancha qiyinchiliklarga duch keldi. Masalan, Rekxa va Shatrughan Sinha o‘tmishdagi kelishmovchiliklar tufayli bir-birlari bilan gaplashishmagan va rejissor ularni yarashtirishga uringan bo‘lsa-da bu ish uddasidan chiqa olmagan.

    Foto: Bollywoodtime

    Kabir Bedining ssenariydan ko‘ngli to‘lmagan va filmdagi voqealarga o‘zgartirish kiritishni bir necha bor so‘ragan. Rakesh Roshan ba’zi sahnalarga o‘zgartirish kiritdi, ammo umuman olganda syujet bo‘yicha o‘z pozitsiyasida qoldi. 

     

    Foto: Bollywoodtime

    “Qasos o‘ti” filmi turli tillarda qayta ishlangan. Uning telugu tilidagi Suxasini rolini ijro etgan “Gautami”, Radhika ishtirokidagi tamil tilida “O‘zgarishlar shamoli” kabi variantlari bor.

    Foto: Bollywoodtime

    Kinokartinada 1981-yilda turmush o‘rto‘gi bilan yaxtada suzib ketayotganda sirli sharoitda vafot etgan amerikalik aktrisa Natali Vudning o‘limi ochiq tasvirlangani aytiladi.

    19.09.2023, 13:01   Izoh (0)   23300
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pathan”, “Ram va Lila”, “Oq yo‘lbars” — Bollivud haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy hind filmlari

    02.05.2023, 14:50

    Ayshvariya Ray, Dipika Padukone va Salmon Xon bilan bir filmda suratga tushishni istamagan boshqa Bollivud aktrisalari (foto)

    05.09.2023, 11:26

    Tayger Shroff, Aliya Bhatt va muvaffaqiyatga erishganidan so‘ng ota-onasiga uy sovg‘a qilgan boshqa Bollivud aktyorlari (foto)

    06.09.2023, 15:40

    Qalblarni larzaga keltiruvchi, ta’sirli sujetga ega Bollivud filmlari (video)

    08.09.2023, 18:09

    “Oppengeymer”  tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan biografik filmga aylandi

    19.09.2023, 09:54

    Foto: Afsonaviy “Titanik” filmi aktyorlari bugungi kunda qanday ko‘rinishda? 

    18.09.2023, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.